LiderMed CRM — tibbiy vakillar va ularning menejerlari uchun dala ishini boshqarish ilovasi: ish kuni, tashriflar, rejalashtirish, buyurtmalar va hisobotlar. Ilova bo'yicha savol yoki muammo bo'lsa, quyidagi kanallar orqali murojaat qiling.

Aloqa

Tez-tez so'raladigan savollar

Ilovaga qanday kiraman?

Akkauntlar ish beruvchi tashkilot administratori tomonidan yaratiladi. Ilovada o'zingiz ro'yxatdan o'ta olmaysiz. Login va parolni tashkilotingiz administratoridan oling.

Parolni unutdim

Tashkilotingiz administratoriga murojaat qiling — u parolni tiklaydi. Administrator bilan bog'lana olmasangiz, yuqoridagi Telegram yoki telefon orqali yozing.

Nega ilova joylashuvimni so'raydi?

Joylashuv tashrifni tasdiqlash uchun kerak: dorixona yoki muassasaga chindan borilganini ro'yxatdan o'tgan koordinatalar bilan solishtiriladi. Joylashuv faqat siz ilovada ish kunini boshlaganingizdan keyin yig'iladi va ish kunini yakunlaganingizda yoki tizimdan chiqqaningizda to'xtaydi. Ish kunidan tashqari vaqtda joylashuv umuman yozilmaydi.

Akkauntimni o'chirmoqchiman

Akkauntlar tashkilot tomonidan boshqarilgani uchun o'chirish ham administrator orqali amalga oshiriladi. So'rovingizni administratoringizga yoki yuqoridagi kontaktlarga yuboring — akkaunt va unga bog'liq shaxsiy ma'lumotlar o'chiriladi.

Internet yo'q joyda ishlaydimi?

Ha. Tashrif, ish kuni va buyurtmalar oflayn holatda ham yoziladi va internet qaytganda avtomatik yuboriladi.

Xatolik yoki taklif

Telegram orqali yozing va iloji bo'lsa ekran rasmini hamda ilova versiyasini qo'shing (Profil → Ilova haqida).

Maxfiylik siyosati