Farmatsevtika uchun IT platforma · O‘zbekiston

Farmatsevtika kompaniyalari uchun raqamli yechimlar

Tibbiy vakillar uchun CRM, sotuvlar tahlili, o‘qitish tizimi va HR vositalarini yaratamiz. Asosiy jarayonlarni avtomatlashtiring va qarorlarni ma’lumotlar asosida qabul qiling.

5+ yil
farma bozorida tajriba
CRM
tibbiy vakillar uchun
Analytics
sotuvlar tahlili
Academy
onlayn o‘qitish platformasi

Lidermed CRM · ish jarayoni

  1. 01 Reja Vizitlarni hafta va hudud bo‘yicha rejalashtirish
  2. 02 Vizit Shifokor va dorixonalardagi uchrashuvlarni qayd etish
  3. 03 Tahlil Jamoa samaradorligi bo‘yicha hisobotlar

01 — Muammo

Farmatsevtikada muhim ishlar hali ham qo‘lda bajariladi

Kompaniyalar har kuni katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlaydi va ko‘p sonli jamoani boshqaradi. Bu esa o‘sishni sekinlashtiradi va raqobatbardoshlikni pasaytiradi.

  1. 01

    Tibbiy vakillarning ishini nazorat qilish

    Rahbarlar to‘liq manzarani ko‘rmaydi: xodimlar qayerda, qancha sifatli vizit o‘tkazilgan, taqdimotlar qanchalik samarali va standartlar bajarilayaptimi.

  2. 02

    Sotuv tahlili

    Ma’lumotlar distribyutorlarning o‘nlab hisobotlari va Excel jadvallaridan qo‘lda yig‘iladi. Bunga kunlar ketadi, qaror qabul qilinadigan paytda esa raqamlar eskirib qoladi.

  3. 03

    Xodimlarni o'qitish va rivojlantirish

    Jamoa o‘sgani sari an’anaviy usullar ishlamay qoladi: yangi vakillar uzoq moslashadi, mahsulot bilimlari tartibsiz uzatiladi, natijani kuzatib bo‘lmaydi.

  4. 04

    Yangi tibbiy vakillarni qidirish va tanlash

    Saralash oylab davom etadi: vakansiyalar uzoq ochiq qoladi, HR vaqti yo‘qoladi, sotuvlar o‘sishi sekinlashadi.

02 — Yechimlar

Uch platforma: sotuvlar, dala jamoasi va o‘qitish

To‘liq tsikl: konsaltingdan tortib joriy etish va hamrohlikkacha.

CRM · dala jamoasi

Lidermed CRM

Tibbiy vakillar uchun CRM tizimi

  • tibbiy vakillar tashriflarini rejalashtirish
  • shifokorlar tashriflarini qayd etish
  • shifokorlar va aptekalar bazasini yuritish
  • tibbiy vakillar faoliyatini nazorat qilish
  • ish samaradorligini tahlil qilish

Dala jamoasi ishining shaffofligi va samaradorligini oshiradi.

Batafsil
Analytics · sotuvlar

Lidermed Analytics

Sotuvlarning avtomatik tahlili

  • 20–30 ta hisobotni birlashtirish
  • dori-darmonlar bo'yicha sotuvlarni tahlil qilish
  • hududlar va tumanlar bo'yicha sotuvlarni ko'rish
  • aptekalar bo'yicha sotuvlarni tahlil qilish
  • tahliliy dashbordlar yaratish

Ilgari 5–10 kun olgan ish endi bir necha daqiqada bajariladi.

Batafsil
Academy · o‘qitish

Lidermed Academy

Farm kompaniyalari uchun raqamli o'qitish platformasi.

  • xodimlarni onlayn o'qitish
  • bilimlarni test orqali tekshirish
  • dori-darmonlar bo'yicha kurslarni ishga tushirish
  • o'qitish o'tishini nazorat qilish

Bu yangi xodimlarni o'qitishni osonlashtiradi va jamoaning bilim darajasini oshiradi.

Batafsil

03 — Amalda

Haqiqiy interfeys, haqiqiy jamoalar

Mijozlarimiz ishlatayotgan haqiqiy ekranlar: CRM xaritasi, sotuvlar tahlili va Academy boshqaruv paneli.

Lidermed CRM admin paneli: tibbiy vakillar tashriflari xaritada va tashriflar ro‘yxati

Xarita

Ish kuni starti va tashriflar xaritada, status ranglari bilan.

Tashriflar

Har bir vizit: vaqt, tibbiy vakil, obyekt va nuqtagacha masofa.

Hisobotlar

Ish kunlari, tekshiruvlar va hamkor dorixonalar bo‘yicha hisobotlar.

Lidermed Analytics: sotuv summasi, oylar bo‘yicha dinamika va eng ko‘p sotilgan preparatlar grafigi

Ko‘rsatkichlar

Sotuv summasi, miqdori va o‘rtacha qiymati bitta ekranda.

Dinamika

Oylar bo‘yicha o‘sish va eng ko‘p sotilgan 10 ta preparat.

Filtrlar

Hudud, tuman, tibbiy vakil, preparat va xaridor bo‘yicha saralash.

Lidermed Academy admin paneli: preparatlar ro‘yxati, modul va test natijalari

Kontent

Har bir preparat uchun modullar va testlar, UZ va RU tillarida.

Foydalanuvchilar

Har bir tibbiy vakilning o‘qish progressi va ballari.

Analitika

Test natijalari va jamoa reytingi bo‘yicha hisobotlar.

04 — Nega Lidermed

Biz faqat farmatsevtika bilan ishlaymiz

5+yildan ortiq tajriba farma bozorida

  • Farmatsevtika bozoriga ixtisoslashuv
  • Farm biznesiga moslashtirilgan yechimlar
  • Asosiy jarayonlarni avtomatlashtirish
  • Boshqaruv qarorlari uchun analitika

Bizga ishonch bildirgan kompaniyalar

Mijozlar

  • BP Pharma Healthcare
  • Gynomedix
  • Meros Pharm
  • Grandpharm
  • Bromedix Pharmaceuticals

Loyihani muhokama qilishga tayyormisiz?

So'rov qoldiring — biz siz bilan bog'lanamiz va savdo taklifini tayyorlaymiz.